• Jul

    11

    2012
  • 2325
img

NIMA UChUN KENNEDI XATNA TARAFDORI EDI

NIMA UChUN KENNEDI XATNA TARAFDORI EDI?

 

Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, bundan 5 ming yil muhaddam ham Misrda erkaklarni xatna hilishar ekan. Mana, bir necha asrlardan beri bu amal musulmonlar va yahudiylar orasida kanda qilinmay bajarib kelinadi. Uzoq vaqt davomida xatnaga befarqqarab kelgan g’arb olami o'tgan asrning 60-yillariga borib o'z munosabatini o'zgartirdi, endi nasroniylar ham, buddaviy va xudosizlar ham xatna qildirish uchun shifokorlar huzuriga zing’illab holishdi.

 Ayniqsa, AQSh prezidenti Jon Kennedining omma oldida xatnani targ’ib qilib aytgan gaplari va shaxsiy namunasi kuchli ta'sir ko'rsatdi. Tabiiyki, prezidentga ushbu amalning inson salomatligiga ijobiy ta'siri juda ma'qul bo'lgan edi. Bu haqida to'xtalishdan oldin, xatna o'zi nima degan savolga javob beraylik. 

«Xatna» so'zi arabchadan olingan bo'lib, poklash, tozalash degan ma'nolarni bildiradi, tibbiyotda esa bu kichik amaliyot sirkumtsiziya deb ataladi. Bunda o'g’il bola yoki erkak jinsi a'zosi peshob chiqarish teshigini berkitib turadigan teri kesib tashlanadi. Dinimizga ko'ra, xatna sunnat amali hisoblanadi. Hadislardan birida keltirilishicha, o'nta narsa badanga tegishli sunnatdir: mo'ylabni qisqartirish, sohol qo'yish, misvok tutish, burunni suv bilan chayish, tirnoqni olish, bo'g’im va kovaklar oralarini yuvish, qo'ltiq yungini yulish, kindik osti mo'ylarini tozalash, najosat maxrajlariga suv sepish va xatna qildirish. Biz bilamizki, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom onalaridan xatna holda dunyoga kelganlar.

Zamonaviy tibbiyot xatnaning eng birinchi foydasi sifatida o'g’il bola jinsiy a'zosi gigienasining yaxshilanishini e'tirof etadi. Xatna hilingan bola fimoz – peshobning erkin va ravon chiqishiga monelik qiluvchi kasallikdan xalos bo'ladi. Fimozda erlik a'zosining cheka kertmak qismi torayib, peshob chiqishi qiyinlashadi, natijada esa bola azob chekadi, yig’loqi bo'lib holadi. Agar ushbu kasallik o'z vahtida davolanmasa, keyinchalik qovuq va buyrak faoliyatining ishdan chiqishiga sabab bo'lishi mumkin ekan. Yapon olimlari jinsiy a'zolar sohasidagi xastaliklarni o'rganib, ularning oldini olishda xatnaning ahamiyatini aniqlashibdi. Tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, xatna erkak jinsiy a'zosidan chiqadigan qo'lansa hidli oqma – smegmani to'xtatib holar ekan. Smegma esa ayollar jinsiy a'zolarida onkologik kasalliklar rivojlanishiga sabab bo'luvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bundan tashhari, xatna bo'lgan erkaklarning turmush o'rtoqlari bachadon bo'yni saratoniga deyarli uchramasligi aniqlangan. Bunday dardni chahiruvchi viruslar esa erkak jinsiy a'zosi uchidagi ortiqcha terida ko'plab uchrar ekan.

Xatna zino ohibatida kelib chihuvchi tanosil hamda peshob chiharuv yo'liga infektsiya tushgach, paydo bo'ladigan kasalliklar xavfini pasaytiradi, shuningdek OITS yuqishi ehtimolini kamaytiradi. Amerika Sog’liq instituti tomonidan o'tkazilgan tadqiqot so'nggi fikrimizni isbotlaydi. Institut xodimlari Afrika qit'asining Keniya va Uganda davlatlarida sakkiz mingdan ziyod ekrakni tekshiruvdan o'tkazishgan. Natija esa quyidagicha – xatna hilish Keniya erkaklari orasida VICh virusining 53 foiz, Ugandada esa 48 foiz kamayishiga olib kelgan. 

Jinsiy a'zo uchidagi terining kesib tashlanishi bir necha mahsadlarda bajarilishi mumkin: ijtimoiy (shahvoniy hirsni muvozanatga solish, chunki xatna hilinmagan erkakda jinsiy a'zo boshchasi juda sezuvchan bo'ladi va jinsi yahinlik paytida shahvatning muddatidan ilgari otilib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin), diniy (sunnat, diniy urf-odatlarga ko'ra), tibbiy (xastaliklardan forig’ hilish uchun) yoki milliy (masalan, yahudiylar o'z millatlarini ko'rsatish uchun ham xatna qildirishar ekan).

Xatna urologiyada murakkab operatsiya hisoblanmaydi, ammo ba'zi holatlarda bu amal tavsiya qilinmaydi. Masalan, xatna hilinayotgan go'dakning tanasiga yara-chaqalar toshsa, uning tana harorati 37 0 darajadan yuhori bo'lsa, o'pkasida shamollash kuzatilsa, go'dak qon kasalliklari ro'yxatida tursa, unda ich ketish alomatlari bo'lsa, qon tahlilida trombottsitlar soni 100 000 dan kam bo'lsa, go'dak jinsi azosining anomaliyasida (epispadiya, gipospadiya kabi). Ayniqsa, gemofiliyaga uchragan bemorni xatna hilish jiddiy ohibatlar bilan yakunlanishi mumkin. Gemofiliya – faqat erkaklarda uchraydigan, ko'p qon ketishi bilan kechadigan irsiy kasallik hisoblanadi. Mazkur kasallikka yo'liqqan go'dakning jinsiy a'zo terisi kechilgach, qon to'xtamay oqaveradi, qonni to'xtatishga bo'lgan urinishlar esa natija bermaydi. Bu holda bolani zudlik bilan qon quyish markaziga olib borish zarur.

Ba'zi bolalar tug’ma xatna hilingan bo'lishlari mumkin, shunday bo'lsa-da, uni mutaxassisga ko'rsatish foydadan xoli bo'lmaydi. Chunki ba'zi bolalar xatna bo'lgandek ko'rinsa ham, terini kesish zarurati yuzaga keladi.  

Bizda eski paytlardan beri xatna sartaroshlar tomonidan bajarilib kelinadi. Ular bu amal uchun yoz va kuzni eng qulay fasllar hisoblashgan. Boshqa vahtda esa organizmning immun tizimi susaygan bo'ladi, jinsiy a'zo shamollab holishi mumkin, kesilgan joy esa sekin bitadi, deb hisoblashgan. Ammo hozir qonni zudlik bilan to'xtatuvchi vositalar mavjud, xatnani istalgan faslda (eng muhimi, malakali mutaxassis-shikfokor tomonidan) amalga oshirsa bo'ladi. 

 

Abror Masharipov tayyorladi