• Oct

    04

    2012
  • 9551
img

Gidrosele- Moyaklar istisqosi (Moyaklar istisқosi) – Vodyanka yaichka

 Gidrosele- Moyaklar istisqosi (Moyaklar istisқosi) Vodyanka yaichka

Moyak atrofidagi tunica vaginalisning vistseral va parietal pardalari orasidagi suyuqlik miqdorini ko’payib ketishiga Gidrosel deyiladi. Aslida juda kam miqdorda suyuqlik boladi, bu suyuqlik moyaklarni ba’zi tashqi ta’sirlardan saqlash va bemalol harakatlanishini ta’minlaydi. Suyuqlik bir tarafdan ishlab chiqariladi va bir tarafdan so’riladi shu holatda muvozanatda bo’ladi agar so’rilishni buzilishi ro’y bersa gidrosel rivojlanadi. Odatda moyak pardalari atrofida bo’lganidek, funiculus atrofida ham suyuqlik toplanishi mumkin bu holatda funikulyar gidrosel deyiladi. Aholi orasida 1% uchraydi.

Sabablari

Bolalarda ham kattalarda ham uchrashi mumkin. Gidrosel birlamchi, bolalarda processus vaginalisni bekilmasdan qolishi bolsa, kattalarda esa idiopatikdir. Bundan tashqari moyak buralib qolishi, orxit, travma va o’sma holatlarida ikkilamchi rivojlanadi bunday holatlar o’tkir gidrosel deb baholanadi. Kamdan kam holatlarda inguinal varikoselektomiya yoki churralarni operatsiyasidan so’ng ham rivojlanadi.

Tashxis

Obe’ktiv ko’rikda qoyiladi. Yorg’oqda og’riqsiz shish topiladi, orqadan nur berilganda nurni o’tkazadi. O’sma holatlarida nur o’tmaydi. UTT tashxisni yanada aniqlashtiradi.

 

Belgilari

Yorg’oqda shish, og’riqsiz, vaqt mobaynida ortib boradi. Shishni katta kichikligiga yoki og’riq bor yoqligiga, kosmetik ta’siriga qarab yo nazoratga olinadi yo davolanadi. Bolalarda tugulgandan so’ng qorin ichi bosimni ortishi bilan ko’zga tashlanadi churra bilan birga va alohida uchrashi mumkin. Agar churra bilan birga kelsa davolash kerak boladi. Faqatgina gidrosel bolsa 2 yoshgacha kutish tavsiya etiladi, juda katta bolmagan o’lchamlarda.

2yoshdan keyin qaytmaganlarini ochiq jarrohlik usulida davolanadi.

Davolash

Xirurgik va xirurgik bolmagan ikki hil usul davo mavjud. Xirurgik bolmaganlarga kuzatuv, suyuqlikni aspiratsiyasi va skleroterapiya usullaridir. Xirurgik bir necha usullari mavjud bolib eng kop Vinkelman usuli foydalaniladi.

Aspiratsiyani bir necha bor qaytalash havfi yuqoriligi uchun odatda bajarilmaydi. Skleroterapiya ancha keng tarqalgan bo’lishiga qaramay tuzalib ketish ehtimoli 36-100%dir.

Ochiq xirurgik operatsiyalar bolalarda va kattalarda farqlidir. Bolalarda odatda chov soxasidan ochiladi va bira to’la churra bor yoqligini ham tekshirilib bolsa tuzatiladi.

Kattalarda yorq’oqni ozi bo’ylama yoki kondalang kesma bilan ochilib suyuqlikni bo’shatib qayta hosil bolmasligi uchun turli usullardan foydalaniladi.

Qaytalanish ehtimoli juda kam.

Odatda operatsiya 30-60minut davom etadi, jarohatda rezina drenaj qoyiladi 24-48 soat ichida olib tashlanadi, bemor 1-2kun shifoxonada qolishi mumkin.

Asoratlari

Juda kam bo’lsa ham quyidagi asoratlar uchrab turadi: qonash, gematosel, piyosel, jarohat infektsiyasi, epididimoorxit, scrotal absets, sepsis, bepushtlik. Bundan tashqari anestiziologik asoratlar ham uchrashi mumkin.

Bu holatdan bemorlar operatsiya oldi suxbat tushuntiriladi va rozilik hati olinadi.

Operatsiyadan keyin:

So’rilib ketmaydigan iplar 7-kunga kelib olinadi va shundan so’ng chomilishga ruxsat beriladi. Plavka tarz ich kiyim tavsiya etiladi (1 hafta), proflaktik maqsadda 7-10kun antibiotiklar, og’riqsizlantiruvchilar va yallig’lanishga qarshi dorilar olinadi. Tabletka shaklida olinsa yaxshiroq bo’ladi.

Kasallikni belgilari 1-2oyda batamom o’tib ketadi, rutin (majburiy) nazorati yoq.