• May

    04

    2016
  • 10245
img

Bir suxbat........ Erkak jinsiy a’zosi kichikligi - Mikro-Penis

Bir suxbat........ Erkak jinsiy a’zosi kichikligi - Mikro-Penis

  ">Bemor ota onasi: - : Assalomu aleykum, Zarif aka sizga bir ikki savollarim bor edi ruxsat bersez?

-         Eshitaman

-         Og’limizni  jinsiy a’zosi boshqa og’il bola tengqurlariga nisbatan kichikdekmi tuyuldi.

Dr. Zarifjon: - - Juda ko’p ota onalar kerak bolmgan taqqoslashlar bilan murojaat qilishadi, lekin ularni ichida haqiqatdan ham mikropenis holatlari kuzatmoqdaman. Aniqlashtirish faqatgina ko’rik va olchash orqali boladi xolos.   

Bemor ota onasi: - : Mikro penis nima degani?  Va buni bizning farzandimizda bormi yoqmi qanday bilamiz nima qilaylik?

Dr. Zarifjon: - - Siz aytdingizku jinsiy a’zosi kichikdek deb shuni tibbiy atalishi mikro penis deyiladi. Vahimaga hojat yoq. O’lchab kormasdan qaror qabul qilish tog’ri emas. Yangi tug’ulgan chaqaloqlarda 2smdan kichik bolishi mikro penis diagnozini qoyishimizga asos boladi. O’lchashni albatta shifokor o’tqazgani ma’qul.  Yoshga mos jadvali quyidagicha:     

O’rtacha penis boyi: normal/tortilganda

0-28 kun 3.2/3.5 cm,

1-5 oy 3.7/4.0 cm,

 6-12 oy 3.9/4.2 cm,

1-2 yosh 4.3/4.7 cm,

 2-3 yosh 4.8/5.0 cm,

3-4 yosh 5.1/5.5 cm,

4-5 yosh 5.3/5.7 cm,

5-6 yosh 5.6/6.0 cm,

6-7 yosh 5.7/6.1 cm,

7-8 yosh 5.9/6.2 cm,

8-10 yosh 5.7/6.2 cm,

10-11 yosh 6.3/6.9 cm,

11-12 yosh 7.6/8.5,

Voyaga yetganlarda8,5/9.3,

 

 

Bemor ota onasi: - :  Boshqa biron bir kasallikka aralashtirayotgan ham bolishimiz mumkinmi?

Dr. Zarifjon: - - Penis kichikligini “Komilgan penis” yoki “yashiringan” penisdan ajratish kerak boladi, buningchun pediatrga yoki andrologga korishishlaring kerak boladi. 

Bemor ota onasi: - :  Gormonal ozgarish sababli boladimi bular?

Dr. Zarifjon: - - Xaqiqiy mikropenis homiladorlikdagi va yoshlik yillaridagi Testosteron gormonini ishlab chiqarilishi yoki normal ishlab chiqargan bolsa ham jinsiy a’zodagi sezuvchi retseptorlardagi muammo natijasida rivojlanadi.  

Davolashda endokrinolog bilan birga olib borilgani maqul.

Chunki eng ko’p gonadotropinlar yetishmovchiligi korinadi, qolqonsimon bez oldi bezi gormonlarida ham kamchiliklar bolishi mumkin bazan

Keyingi sabablaridan biri esa moyaklardagi Leyding nomli hujayra bor shunni Testosteronni yetarli ishlab chiqarmasligidadir. 

 

Bemor ota onasi: - : Deylik xaqiqatdan ham mikro penisi bolsa qanaqa tekshiruvlar kerak boladi?

Dr. Zarifjon: - - Avvallo bemorni korikdan otqaziladi undan keyin man sizga bolishi mumkin bolgan tekshiruvlarni yozman lekin kopi ko’rikda belgilanadi Kariotip, qondagi qand miqdori, kortizol va samototropin, qolqonsimon bez gormonlari, Gipofiz MRT.sini qilish kerak boladi. Moyak funktsiyasini aniqlash uchun esa, FSG, LG va Testosteron tekshrish kerak boladi.  

Bemor ota onasi: - : Bu biron boshqa kasallikn belgisi ham bolishi mumkinmi ?

Dr. Zarifjon: - - Tog’ri ba’zi irsiy kasalliklarni belgisi bolishi mumkin yuqorida aytib otgan tekshiruvlarimzda ularni ham kopi istisno qilinadi: Klinefelter, Prader- Willi, Laurance- Moon-Biedl ve Robinow kabilari bor.

 

Bemor ota onasi: - : Diagnoz qoyganizdan keyin davolash haqida ham ozroq ma’lumot beraolasmi?

Dr. Zarifjon: - - albatta diagnoz qoyganimdan keyin kopincha erkaklik gormonlarni ishlab chiqarishni stimulyatsia qilishim kerak boladi. Kerak bolsa boshqa mutaxassislar xulosasini ham sorashim mumkin masalan eng ko’p endokrinologlar bilan birga nazorat qilaman bemorlarni .

 

Bemor ota onasi: - : Kelajakda erkakligida qo’zg’alishida, farzand korishida muammo bolishi mumkinmi ?

Dr. Zarifjon: - - Gormonal dorilar ta’sirini boyga nojo’ya ta’siri haqidagi fikrlar baxs munozarada aniq toxtam yoq. Bu davolarni otqazmasak bemorni kelajakda ayoli bilan yaqinlik qilishida, farzand korishiga zararli tasirlarga ega, shungchun shubxalanayotgna bolsez korikdan otqazing, www.andrology.uz ga kirsez ishxonam, telefon raqamim, qabul vaqtlarim yozilgan.

Kelajakda qo’zg’alishida muammo bolsa unga mos davolaymiz. Undan tashqari bemor voyaga yetgungacha tez tez ma’lum  bir oraliqlar bilan nazoratda turishi kerak boladi.

Bemor ota onasi: - : Yana bitta savol mumkinmi? Sal oldin korsatgan tablitsangizda yoshi kattalarda 9.3smdan kichik bolsa ham mikro penismi? Agar shunaqa bolsa nimalar tavsiya qilasiz?

Dr. Zarifjon: - - Albatta mikro penis hisoblanadi. Kopincha bunday bemorlarda boshqa patoogiyalar ham birgalikda keladi shuningchun bemorni korgach kerakli tekshiruvlarni otqazgach, Tavsiyalanri beramiz: Faqatgina jinsiy olatni 9.3sm dan kichik bolgan holatlarida xozirgi kunda turli firmalar, internet saytlari, nafs qurbonlarini Xitoydan va  boshqa davlatlardan olib kelib sotayotgan dorilarni hech biri ta’sir qilmaydi, Juda kopchilik shularni tuzog’iga tushganlar murojaat qilishmoqda.

Voyaga yetganlarda jinsiy olat kichik bolsa davosi faqatgina jarrohlik yoli bilangina bolishi mumkin xolos. So’z ochilganda yana shuni aytishim kerak ki ba’zi bemorlar turli videolardagilarga xavas qilib konglini ko’chasiga quloq solib kattalashtirish va yog’onlashtirish dardida bolishadi shularga ham javobim maqol bilan aytganda “Taka bo’lsin sut bersin” deyman. Yani uni o’lchami ahamiyatga ega emas asosiysi ish bajarishda. Agar uylangan, farzandli bolgan bolsa ham jinsiy olatni olchamidan tashvishlanmasalaring ham boladi.