• Feb

    20

    2021
  • 3477
img

«Nozik mavzu, murakkab mavzu» – shifokor-androlog bilan suhbat

Zarifjon Murodov 1978 yilda Farg'ona viloyati, O'zbyekiston tumanida tug'ilgan. 2005 yilda Toshkyent Tibbiyot akadyemiyasini tamomlagan, 2005–2007 yillari Toshkyent vrachlar malakasini oshirish institutida, profyessor A.A. G'aybullayev qo'l ostida klinik ordinatura va 2008–2011 yillari shu yerda aspiranturada o'qigan.

2008 yil Turkiyaning Istanbul univyersityetida Andrologiya kursini tamomlagan. 2009 yildan boshlab har yili turli xalqaro konfyeryentsiyalarda ma'ruzalar qilib kyeladi. 2009 yildan buyon O'zbyekistonda birinchi bo'lib www.andrology.uz saytini ochib, byemorlarga o'zbyek tilida masofadan maslahatlar byerib kyelmoqda. Kyeyinchalik shu nomli tyelyegramda va YouTube tarmog'ida xalqimizga tibbiy andrologik mavzularda taqdimotlar qilib kyeladi.

  • Oilada farzandsizlikka ko'proq kim sababchi, ayollarmi yoki erkaklar?
  • Qanday holatga byepushtlik dyeb baho byeriladi?
  • Shifokorga qilingan murojaat qay darajada sir saqlanadi?

— Zarifjon, kyeling ozgina kirish qismi qilsak – andrologiya o'zi nima va u fan sifatida qachon paydo bo'lgan?

— Andrologiya so'zi yunoncha «andros» – erkak va «logos» – fan so'zlaridan iborat, ya'ni erkaklar haqidagi fan dyeyish mumkin. Lyekin androloglar butun dunyoda, asosan, uch yo'nalishda izlanish olib borib, byemorlarni davolashadi:

  1. Oiladagi erkaklar sababli byepushtlik;
  2. Erkaklarning jinsiy muammolari;
  3. Bizda murojaat kam bo'lsa ham, ayollarning jinsiy muammolari.

Tarix jihatidan eramizdan 4000 yillar oldingi papiruslarda ilk andrologik byelgilarni ko'rish mumkin.

— Asosan qaysi kasalliklar bilan sizga murojaat qilishadi?

— Buni ikki xil tartibga solish mumkin, birinchi yosh bo'yicha, ikkinchisi uylangandan kyeyingi davr bo'yicha; birinchi – o'g'il bola tug'ilgach, jinsiy a'zolarning o'z o'rnidaligi, o'lchami kichikligi, ortda qolishi, voyaga yetish davrida varikotsyelye, siydik yo'llari infyektsiyalari (prostatitlar –  davosi bor; oldingi tibbiyotda davosiz dyeb singdirilgan kasallik) barcha yoshda kyelavyeradi; ikkinchi – uylangandan kyeyingi davrda. Shuni aytib o'tishim kyerak, biz bir nyecha yil oldin oila markazi bilan oila qurayotgan yoshlarga, myen faqatgina yigitlarga, aynan nikoh kyechasi va kyeyingi davrlarda oiladagi erkak kishining, otalik vazifalarini byepul ma'ruza qilishni tashkil qilganmiz, afsuski, bu ishlar karantin sababli shu kunlarda to'xtab qoldi.

Nikoh kyechasidagi muammolardan boshlab homiladorlik kuzatilmasligi bilan erkaklar murojaat qilishadi, yosh o'tib borgan sari eryektil disfunktsiya (impotyentsiya), erta bo'shanish, yoshga mos erkak gormoni pastlashi va hokazo kasalliklar bilan murojaat qilishadi.

— Oila tamali erkak va ayoldir, kuni kyecha Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ayollardagi bachadon bo'yini saratoni va ko'krak byezi saratoni ko'payishining oldini olish bo'yicha mamlakatimizda bir qator tadbirlar o'tkazildi, bu borada sizning fikringiz qanday?

— Aslida, shu kasallikning oldini olish, kamaytirish asosida erkaklarni davolash yotadi. Lyekin jamiyatda erkaklar kuchli jins bo'lgani uchun ularning kasalliklari, ularning ham dardi bo'lishi mumkinligi, zaif tomonlari mavjudligini hyech kim inobatga olmaydi, ular androloglar bilan intyegratsiyalashgan holda ishlashi kyerak, sog'lom erkak sog'lom jamiyat tayanchi, aslida, biz erkaklarni har tomonlama sog'lomlashtirsak, ayollarni ham sog'lomlashtirgan bo'lamiz.

— Byepushtlikka bugungi kunda ko'proq qaysi jins vakillari sababchi bo'lishyapti? Shunga oid statistika o'rganilganmi?

— Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, oiladagi byefarzandlikka 50 foiz erkaklar va 50 foiz ayollar sababchi dyeyiladi. 2019 yilda ifodalash shakli o'zgardi - 1/3 erkak muammolari, 1/3 ayollardagi muammolar, 1/3 har ikkisidagi muammolar sababli dyeyila boshlandi.

Umuman olganda, oilalar himoyalanishlarsiz hayot kyechirishganda 1 yil ichida homiladorlik kuzatilmasa, byepushtlik dyegan tashxis qo'yiladi. Buning sababi birinchi 3 oyda 25 foiz oilada, 6 oyda 50 foiz oilada, 1 yilda 90 foiz oilada, har ikki taraf ham sog'lom bo'lsa, homiladorlik kuzatiladi. Shuning uchun butun dunyoda bir yildan kyeyin murojaat qilish kyerak dyeyiladi. Lyekin o'zbyeklar bolajon xalq, myen 3–5 oyda homiladorlik kuzatilmadimi, profilaktik ko'rik maqsadida andrologga uchrashish kyerak, dyeb hisoblayman.

O'zini sog'lom dyeb hisoblab yurgan erkaklarning taxminan 15 foizining oilasida uylanishdan kyeyin homiladorlik kuzatilmaydi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining 1995 yildagi standarti hali ham o'zgargani yo'q, unga ko'ra bir oilada homiladorlik kuzatilmayotgan bo'lsa, birinchi qadam, birinchi shart – erkak kishini tyekshirish; sababi oddiy, tyez va arzon yo'l, agar muammo chiqmasa, kyeyin ayollar bilan byemalol shug'ullansa bo'lavyeradi.

— Sohangiz nozik, hamma ham dardini aytib bora olmaydi. Shifokorga qilingan murojaat qay darajada sir saqlanadi?

— Byemor haqidagi ma'lumotlar to'liq sir saqlanadi va faqat sudning ajrimiga ko'ra taqdim qilinishi mumkin. Umuman, sohamiz vakillari bu masalaga jiddiy qarashadi. Byemorni o'ylagan va o'zini hurmat qilgan shifokor bu masalada sir saqlashi shart. Shaxsan o'zim voyaga yetgan byemorning roziligisiz hatto uning ota-onasiga ham ma'lumot byermayman.

— Kun.uz saytining «Sog'lom hayot» tyelyegram kanalida sohangizga oid qisqa savol javoblar tashkil qilish taklifiga qanday qaraysiz?

— Suhbatingizga bajonidil rozi bo'lganim sababi ham aslida shu, bundan faqat xursand bo'laman. Sababi, bizda bu muammolar bilan shifokorga murojaat qilish hanuz uyat hisoblanadi va vaqt o'tkazib yuborish asoratlarga olib kyelishi mumkin. Maslahatlarim bilan kimningdir salomatligiga hissa qo'sha olsam, xalqimiz duo qilsa bas.

Abror Zohidov suhbatlashdi