Tanlangan Sara Savol-Javoblar

Savol Yuborish



Maslaxatlar

  • Mavzu: Moyak saratoni
    Sana: 12.02.2021
    Ismi: .....
    Manzil: Qaraqalpog'iston

    Savol: Assalomu aleykum sizga savolim shuki moyak saratoni 2 bosqich 2 klenik gurux deb tashxis qo'yilgandan keyin o'z vaqtida muolaja qilinip turilsa budardni yengish mumkinmi va sog'lom insonlar qatoriga kira oladimi butunlay sog'ayip ketsa bo'ladimi


    Javob: Uro-onkolog nazoratida turib kerakli dorilarni olib turilsa soglomlikka qaytsa boladi

  • Mavzu: GIPOSPADIYA
    Sana: 11.02.2021
    Ismi: AHMAD
    Yoshi: 15
    Manzil: Samarqand

    Savol: Salom doxtor Menda gipospadiya bor aytingchi OPERATSIYA qildiraymi 2 sm PASTGA siljigan onanizm bilan shugulanganman OPERATSIYA EREKSIYAga tasir qilmaydimii javobingiz uchu OLDINDAN rahmat


    Javob: gipospadiya operatsiyasi bilan shugullanadigan doktorga korinishiz kerak juda ham kam doktor shugullanadi bu ish bilan, Operatsiya erektsiyaga ta'sir qilmaydi, Onanizmni ham dahli yoq gipospadiya uchun lekin zararli odat tashlang buni

  • Mavzu: jinsiy aloqa
    Sana: 11.02.2021
    Ismi: Yaxyobek
    Yoshi: 21
    Manzil: Andijon Baliqchi tumani

    Savol: Assalomu alaykum mendagi jinsiy aloqa 1 daqiqadan 2 daqiqagacha davom etayapti endi urologga borish kerakmi yoki dori vositalari bilan davolasa bo'ladimi


    Javob: Siz uylangan va uylanganizga kamida 6oy otgan bolsa urolog-andrologga uchrab korik tekshiruvlardan otib natijasiga kora davolanasiz, bosqichma bosqich 95% atrofida tuzaladigan kasallik havotirga orin yoq

  • Mavzu: Olat turmasligi
    Sana: 11.02.2021
    Ismi: Aziz
    Yoshi: 20
    Manzil: Samarqand

    Savol: Assalomu alaykum Doktor ishlar bilan charchamayapsizmi Hozirgi vaqt olatim uyg'onmayapti yaxshi uyg'onsa ham tarrang emas Doktor uchradim aytdi spermagramma topshirdim juda pas chiqdi keyin aytdi 1yillar davolasan dedi dori ichib spermang sifati pas dedi shuning uchun shunaqa bolayapti dedi agar sperma foizi pas bolsa shunaqa boladimi


    Javob: doktorga uchrab togri qilibsiz, oldindan spermogrammani yaxshi emasligi ham siz uchun davolanish imkoni bolibdi, lekin spermani sifati juda ham bog'liq emas erektsiya bilan ikkalasi ikki hil kasallik ikki hil toifa dorilar bilan davolanadi

  • Mavzu: Farzandsizlik
    Sana: 10.02.2021
    Ismi: Jahongir
    Yoshi: 28
    Manzil: Qarshi shaxri

    Savol: Assalomu alaykum doktor. uylanganimga 14 oy bo’ldi, iyul oyida varikoseldan operatsiya bo’ldim, operatsiya yaxshi o’tdi. spermogramma analizim 38% chiqyapti, o’ng buyragimda 0.5 smlik tosh bor ekan. savolim shundan iboratki, buyrakdagi toshni ham farzandsizlikka olib kelishi mumkinmi?


    Javob: Yoq deyarli ta'sir qilmaydi 0,5sm tosh juda katta muammo emas, boshqa sabablarni qidiring, spermagrammadan tashqari qon tashlillari spermagrammani ozini yanada chuqurlashtirilgan analizlari bor oshalar balki kerak bolar, ayolizi ginekologik holatiga ham etibor qiling

  • Mavzu: Эректил дисфунция
    Sana: 09.02.2021
    Ismi: ШУХРАТ
    Yoshi: 54
    Manzil: УРГЕНЧ

    Savol: Менда бир йил булди олат яхши турмаябди алока пайтида хам етиб колади манда 2 тип диабет аникланди канд микдори хозир 5.9 баъзида 7.2 атрофида булади жинсий щаифликни сизда даволаб буладими илтимос ердам беригг дарров бораман агар иложи булса


    Javob: Erektil disfunktsiya deyiladi, eng kop uchraydigan fon kasalliklardan biri hisoblanadi qandlli diabet, qondagi glukoza ni imkon boricha pastroqda ushlab turish kk va androlog nazoratida turib davolanishiz kerak, davosi bor. 

  • Mavzu: Jinsiy olat shilinishi
    Sana: 08.02.2021
    Ismi: Shoxruh
    Yoshi: 26
    Manzil: Toshkent shahri

    Savol: Assalamu alekum Zarif aka. uylanmaganman yoshim 26 da. Ananizim bolb turadi. jinsiy olat terisining shilinishi va achishishi nimadan boladi. Va nima qilsa boladi. Javob uchun oldindan rahmat.


    Javob: shu onanizm qilganizdanda, qilmasez boladi. Toxtaydi 

  • Mavzu: Qizlik parda
    Sana: 07.02.2021
    Ismi: Salima
    Yoshi: 26
    Manzil: Namangan

    Savol: Salom doktor, to'yimizga uch oy bo'ldi. Qizlik parda olinmagan haliyam judayam elastik dedi ginekolog. Homilador bolmadim hali qo'rqyapman javob yozing iltimos


    Javob: jinsiy hayot davom etayotgan bolsa muammo emas, homiladorlik uchun eng avval erkak kishini korik tekshiurvdan otkazish kk

  • Mavzu: Tez tez siyish
    Sana: 03.02.2021
    Ismi: Begijon
    Yoshi: 26
    Manzil: Andijon

    Savol: Assalamu alaykum.Zarif aka hormang.Meni 4 yildan buyon tez tez siyish qiynaydi.Qazag`stonda yurganimda Urolokga uchradim tekshirib dori ukol yozdi.Aytganini qildim zarracha ham foydasini bilmadim.Varikosele 2 darajali or ekan kamiga Nima qilay aka?


    Javob: tez tez siyishlik har doim ham shamollash sababli bolavermaydi, bizga ancha yaqin joyda ekansiz keling har tomonlama tekshiruaylik natijasiga qarab davolaymiz, insh tuzatsa boladigan kasallik, Varikoseleni bu kasalligizda ahamiyati yoq

  • Mavzu: Moyak ortigi kistasi
    Sana: 02.02.2021
    Ismi: Mirjalol
    Yoshi: 24
    Manzil: Fargona

    Savol: Assalom alaykum. Uziga tushgandim menda chap moyak ortigi kistasi deb tashhis qoyishdi. Siz nima deysiz mendagi shikoyatlar bunga togri keladimi. Agar kista bolsa qanchalik hafli aperatsiya qildirishim shartmi yoki boshqa yol bn yoqotsa boladimi


    Javob: Shikoyatlarizi yozmagansiz bilmayman lekin kistaga taktika bemorni korib hal qilinadi lekin umumiy aytishim mumkin kista kichik va halaqit bermasa tegilmaydi, kista katta va/yoki o'sib borayotgan bolsa operatsiya qilinadi, kichik bolsa ham sperma hajmini kamaytirsa yana operatsiya qilinadi, yallig'lansa ham osha zahoti operatsiya qilinadi, va hakozolar

  • Mavzu: Biseksuallik
    Sana: 02.02.2021
    Ismi: OK
    Yoshi: 29
    Manzil: Moskva

    Savol: Avvalambor uzur bemani savol uchun,savolm wundan iboratki,man horijda iwliman,ayolmdan uzoqdaman,1ta uyda ham ayolla ham erkela brga yawimiz,man ularni qaysisini korsam shaxvatm keladi,biseksuallik kasallikmi va undan qanday halos bolw mumkn?Albatta bu xarom,lekn nafs yomonde,bundan halos bolw uchun nma maslahat beras?


    Javob: Biseksullik kasallik hisoblanadi, psixologik asosan! Agar ayoliz bilan birga yashasangiz bunaqa hayollar kallangizga kelmagan bolsa tezda ayoliz bilan birga yashash choralarini qiling. Agar kimdadir ongostida shu va shu kabi buzuqliklar yashirin bolsa tashqi muhit ta'sirida qo'zg'alishi va insonni barbod qilishi mumkin. Aslida ongostida yoq va psixologik kuchli shaxslar tashqi muhitga tasirchan bolishmaydi, aksincha yon atrofidagi bunday holatlarga tosqinlik qilishadi. 

  • Mavzu: Urologiya haqida
    Sana: 02.02.2021
    Ismi: Z Nurmatov
    Yoshi: 24
    Manzil: Termiz

    Savol: Assalom aleykum aka bir savolim bor edi 1 xafta oldin varikasel operatsiya qildirgandim uylanganman qachondan qòshilsam bòladi qòshilmay yursam zariri yoqmi


    Javob: odat bemor holatini inobatga olib 15kunlarda ehtiyotkorlik bilan bolishlikka ruxsat beramiz, doktoriz bilan maslaxatlashing

  • Mavzu: OLAT TESHIGI
    Sana: 02.02.2021
    Ismi: AHMAD
    Manzil: Samarqand

    Savol: Salom doxtor iltimos shu safar javob yozing iltimos meni olatimning teshigi pastda joylashgan Onanizm qilganman aytingchi shunday insonlarda farzandli Bormi men xavotirdaman. Iltimos javob kutib qolaman


    Javob: onanizm qilmang keyin teshikni pastda joylashganligi gipospadiya deyiladi, shu soxa bilan shugulllanadigan shifokorga uchrang, agar teshik boshchaga yaqin bolsa va aloqada urug' ayol qiniga tokilsa farzand korishda muammo bolmaydi tashqariga tokilsa hozirdan bosh qismga teshikni operatsiya bilan olib kelish kk

  • Mavzu: Ereksiya
    Sana: 02.02.2021
    Ismi: Avaz
    Yoshi: 24
    Manzil: Навоий вилояти

    Savol: Assalomu alekum yaxshimisiz yoshim 24 da oxirgi vaqtlarda stress holatiga kop tushdim birdan 2 haftacha boldi ertalabki ereksiya yuqolib qoldi hali uylanmaganman iltimos maslaxat bering oldindan raxmat


    Javob: stressdan qutulsez iziga tushib ketadi, agar iziga tushmasa murojaat qilishiz kerak boladi, havotirli orin yoq

  • Mavzu: Olat sustligi
    Sana: 01.02.2021
    Ismi: Aslbek
    Yoshi: 21
    Manzil: Xorazm

    Savol: Salomalaykum doktor men avval ananizm bn shugillanganman hozir tashladim olatim qôzgalishi susutlashgan nima qilsam boladi javob in oldindan raxmat


    Javob: agar oziga kelmayaotgan bolsa urologga uchrab korik va analizlardan keyin yengil quvvatlovchi davolash kursini otqazzing  

  • Mavzu: Varikoseli
    Sana: 01.02.2021
    Ismi: Akmal
    Yoshi: 25
    Manzil: Koson

    Savol: Assalomu alkum menda seperma A kategoriya 36 chiqdi keyin 14kun oldin varkaselega aperatsiya böldim 3-darajasiga bu foiz darajani 50dan oshirib beroladimi ..


    Javob: spermogrammani tahlilini alohida alohida tahlil qilinmaydi, bir butun mutaxasis bilan korikda qilinadi, varikoseleni foydasini tekkan tegmaganini 3oyda aniqlanadi

  • Mavzu: Azospermiya
    Sana: 30.01.2021
    Ismi: Abror
    Manzil: Namangan

    Savol: Salom doctr uylanganimga 4 oy boldi farzand bomadi spermagramma analiz topwirdm ABC chiqti olat uchida 2 yildan beri sal sanchiq bor soqol ostiradigon minoxidildan 4 oy foydalanganman sperma ichidan qattiq oq narsalar chiqti


    Javob: minoksidildan oldingi urug analizlariz qanaqa edi bilarmidiz, endi bu dorini tasirini sizdan chiqarish kerak bolishi mumkin analiz natijalarizga kora davolanasiz kelishiz kerak

  • Mavzu: Spermogramma analizi
    Sana: 30.01.2021
    Ismi: Komil
    Yoshi: 25
    Manzil: Toshkent

    Savol: Assalomu aleykum. Yaqinda analiz topshirgan edim. Подвижные прогрессивно (2) chiqdi. Keyin 150 mln chiqdi. Shularni normaga olib chiqish uchun qancha muddat kerak?


    Javob: urugni harakatchanligini juda past bo'lishi og'ir patologiya hisoblanadi, bir qator spermogrammani o'zini qo'shimcha tekshiruvlari va genetik tekshiruvlar shart ularni bilmasdan davolashga harakat qilinmaydi, kelib korik tekshiurvlardan otishiz mumkin

  • Mavzu: Ehtilom
    Sana: 29.01.2021
    Ismi: Jim Kerry
    Yoshi: 24
    Manzil: Russia

    Savol: Assalomu Alaykum.1-men balog'at yoshiga yetmasimdan ononizm bn shugullanib kelaman,hozir tashladim 3oydan oshdi lekin negadir ehtilom bo'lmayabdi odatda qancha vahtdan keyin organizm ozini tiklab oladi?. 2-balog'at yoshiga yetmasdan qilingan ononizm teri kasalliklariga sabab bolishi mumkinmi?


    Javob: 1-Hammani organizmi har hil va bu yashash sharoiti, ovqatlanishiga bogliq ravishda ham davom etadi, ononizmni tashlagan bolsez jinsiy aloqada bolmayotgan bolsez albatta bu yaxshi, sabr qiling iziga tushadi. 2- j.olat terisida ozgarishlarga sabab bo'lishi mumkin lekin umumiy teri kasalliklariga sabab bo'lishi qiyin

  • Mavzu: Uyqu payti
    Sana: 29.01.2021
    Ismi: Jaloliddin
    Yoshi: 23
    Manzil: Toshkent shahar

    Savol: Bir yilcha boʻlyabdiki har kun ertalab ozgina 2 3 tomchi suyuqlik chiqyabdi ich kiyimda ozgina oq dogʻ qoladi agar ertaroq soat 5 larda uygʻonsam xali avratni uchida turgan boʻladi koʻpincha bu kassalikmi


    Javob: kasallik chunki sog'lom erkakda bu yoq ozizda ham undan oldin bolmagan ertalab siymasdan turib urologga uchrab osha ajralmani analiz qildiring balki sizni korik va suhbatizdan urolog yana qoshimcha narsalarni ham belgilashi mumkin

  • Mavzu: Onanizm
    Sana: 24.01.2021
    Ismi: Nosirxon
    Manzil: NAmangan Shahar

    Savol: Asallomu Aleykum bahrom oka Men Onanizm bilan 2 yildan ziyod shugunlandim va xozirda tashashga xarakat qildim va tashaganimga 1 oycha boldi Men bitta dokrirdan eshitib qoldim Onanizm boyni ostirmaydi degan gapni Doktor shu gap rosmi va tashagandan keyin boy osib ketadimi Javob uchun oldindan rahmat


    Javob: onanizm va uning asoratlari haqida toliq maqola (http://andrology.uz/site/maqola?id=54) saytimizda bor kirib oqib chiqing

  • Mavzu: Prastata uratrriyada momo bor
    Sana: 23.01.2021
    Ismi: Himmatov Nurjon
    Yoshi: 27
    Manzil: Samarqand

    Savol: Aytganimdek prastatada va urateradagi Momani aniq tashhis qo'yib birmartalig molajada tuzatish mumkinmi shunga jovob bersangiz Shunday bo'lsa manzil qo'qonda ekan Davolanishga borardim davolanish Mudatu qancha vaht bo'ladi


    Javob: juda ham keng savol bergansiz juda kopini hal qilsa boladi, bir martalik mi yoki kop martalikmi muolaja bilan bolsa ham. Narx navosidan oldin siz kelib korik va tekshiruv analizlardan otishiz kerak. uni natijasi chiqqanda sizi bizga tegishli bolgan jamiki muammongizni hal qilish davolash rejasini tuzib summalarini ham aytaman  

  • Mavzu: Чурра
    Sana: 21.01.2021
    Ismi: Бахром
    Yoshi: 19
    Manzil: Namangan

    Savol: зарифжон ака йахшимисиз йакинда чов чурра олдирдим йоргокдан манда тугма булаган екан билинмай йурган екан мойак усишлари размерлари простата бези хаммаси нормада деди лекин манда шубха болаверити узок вакт оператсийа килдирмаганимга бепуштликка олиб келмайдими деб оператсийа килдирса йахши булиб кетадими одатда


    Javob: andrologik korik va analizlarni topshirib hulosasini olib oling kongliz toq bolishi uchun, Qoqonga kelishiz mumkin

  • Mavzu: Qizlik pardasi
    Sana: 20.01.2021
    Ismi: Baxodir
    Yoshi: 25
    Manzil: Mirzo ulug’bek.t.

    Savol: Qizlik pardasi olinganda 10 kun ichida ham qinda qon bo’lishi mumkinmi? Qizlik pardasi tiklangan bo’lsa shu holat ro’y beradimi


    Javob: Qon kelishi mumkin lekin tikilganlikka dahli yoq juda kop sabab bo'lishi mumkin, menstutatsiya boshlagandir, birinchi kunda erkaklar qopolroq harakat qilsa qinda yorilish hosil bb qolishi mumkin va hakozolar, ginekologga korsating

  • Mavzu: Spermogramma
    Sana: 19.01.2021
    Ismi: Jamoliddin
    Yoshi: 26
    Manzil: Toshkent

    Savol: Assalomu alaykum Zarif aka ishlar bilan xormang. Masalan kimdadir jami 200 million dona urug' bo'lsa da 50 foiz a kategoriya, boshqa kishida esa 400 million dona urug' bo'lsa 30 foiz aktiv harakatlanuvchi bo'lsa. Kimni analizi yaxshiroq hisoblanadi, ya'ni son va foiz qanday bog'langan. Javob uchun oldindan rahmat.


    Javob: yaxshi sekin fikrlashlar ham o'syapti, 50% aktivlik yuqori bolganni sifatli deb hisoblaymiz

  • Mavzu: Urug'
    Sana: 18.01.2021
    Ismi: Ruziboy
    Manzil: Qarshi

    Savol: Xullas doktor spermadan tahlil qilganda urug' yo'q dedi. Sperma topshirishdan 1 kun oldin shayhoniy kino kurgandim. Bunda urug' kuriqnmaydimi? Doktorning gapidan qurqib ketdim. Nima maslahat berasiz.


    Javob: Vahimaga tushmang hozirgi kunda juda kop holatlarni bartaraf qilish mumkin, siz avvallo urug topshirishni qoidalariga amal qilgan holda korik tekshiruvlardan oting undan keyin hulosa qilish kerak bo'ladi

  • Mavzu: Чов чурра
    Sana: 17.01.2021
    Ismi: Anvar
    Yoshi: 19
    Manzil: Namangan

    Savol: Ассалому алейкум Зарифжон ака йахшимисиз Грижа оператсийадан кейин озгина спермада кон келди бу оператсийадан кейин боладиган холатми йоки жиддий бошка нарсами олдин хеч бундай булмаган оператсийадан кейин булди


    Javob: bo'lishi mumkin holat davomli bolmasligi kerak nazoratda turing

  • Mavzu: Sperma kelmasligi
    Sana: 17.01.2021
    Ismi: SUNNATBEK
    Yoshi: 26
    Manzil: QASHQADARYO

    Savol: Assalomu alaykum Zarifjon aka man yaqinda uylangan edim xotinim bilan jinsiy aloqa vaqtida birinchi yotganimda hammasi normada bo‘lyapti ammo ikkinchi yotganimda aloqa uzoq davom etyapti sperma kelmayapti bunimadan bo‘lishi mumkin


    Javob: birinchisi normada bolsa boldi 2.chisiga mo'ljal olinmaydi etibor bermang havotirli hich narsa yoq


  • Sana: 17.01.2021
    Ismi: Humoyun
    Yoshi: 25
    Manzil: Toshkent

    Savol: Assalomu alaykum Moyaklar kichrayib qolishi nimadan boladi yo odatiy holmi Lekin tugulganda kotta moyakli bulgan Buy 1.90 vazn 75 Javob uchun rahmat


    Javob: kichrayib ketishini sabablari juda kop ma'lum yoshda tashqi ta'sirlar hisobiga stimulyatsiyani pastlashi bilan osmay qolishi mumkin, sport bodybuilding kichraytiriadi, operatsiyalar, travmalar, infektsion kasalliklar va hakozolar sabab bolishi mumkin, kelib korik tekshiruvlardan otsez ozizga tegishli sababni topib bartaraf qilishimiz mumkin boladi

  • Mavzu: Sperma qisilib chiqishi
    Sana: 13.01.2021
    Ismi: Maqsud Murodov
    Yoshi: 29
    Manzil: Navoiy viloyati

    Savol: Savolim shundan iboratki spermani chiqishi qisilib chiqadi tuliq bushalmimin bilmiman urologga bordim davolandim fezio lechinyalar ukollar oldim baribir o'zgarish yu iltimos qanday qilishim mumkin davosini aytvorsays juda yaxshi bulardi fe?? degan tabletkalar ichdim bilmiman olat shamollaganmi yordam bervoring oldindan raxmat


    Javob: faqat spermani ozida emasdir shikoyatlari, boshqa joylarda ham bordi, spermani ozini undan keyingi siydikni ham tekshirish kerak boladi, imkoniz bolsa Qoqonga kelishiz kerak boladi.

  • Mavzu: Shaxvat kelmasligi
    Sana: 12.01.2021
    Ismi: Usmonjon Ergashev
    Yoshi: 19
    Manzil: Namangan viloyati

    Savol: Assalomu aleykum. Men 6 kun avval moyagimdan kista oldirib tashlagan Edim. Endi olatimdan shaxvat chiqmayapti. Bu holat vaqtinchalikmi ? Bunday bôlishining sababi nima?


    Javob: Buni javobini operatsiya qilgan doktor yaxshiroq biladi, bir tomonlamami ikki tomonlama farqi bor, kistani urug' tizimining qaerdaligni ahamiyati bor, va operatsiyaning ma'lum erta davridagi ta'siri hisobiga ham kuzatilishi mumkin, 6kun oldin opertasiya otqazib urug chiqarishizi ozi ham togri ish emas, Agar shikoyatiz operatsiya yaralari bitgandan keyin ham yoqolmasa kelishiz mumkin, yordamlashamiz

  • Mavzu: Пенис
    Sana: 12.01.2021
    Ismi: Зухриддин
    Yoshi: 21
    Manzil: Тошкент вилояти

    Savol: Ассалому алайкум Зариф ака. Менинг олатим оддий холатда 3 - 4 см эрекция вақтида 9 - 10 см. Бу микро пенисга кирмайдими. 2 саволим хар куни тонгда уйғонганимда олатим эрекция холатида болади бу нормал холатми ёки бирон - бир сабаби борми. Жавоб үн олдиндан рахмат.


    Javob: jinsiy olat holati faqat erektsiya holati baholandi togri o'lchanganmi yoqmi korish kerak kichik bolishi mumkin, korikdan oting

  • Mavzu: Qo'shilish
    Sana: 11.01.2021
    Yoshi: 26
    Manzil: Namangan

    Savol: Assalomu alaykum Zarif aka biz ko'rigizga bormoqchi edig shunga adresni qanday topsag bo'ladi


    Javob: http://andrology.uz/site/manzil 

  • Mavzu: varikosele
    Sana: 11.01.2021
    Yoshi: 26
    Manzil: termiz

    Savol: assalom alekum doktor 1.5 oy oldin varikolsele 2 darajaga operatsiya bòlgandim . uruģga tasiri bormi? uruģ foizi tushib ketadimi ? va qancha vaqtda qaytadi


    Javob: Varikoseleni foydasini baholash uchun kamida 3oy vaqt otgandan keyin spermogramma qildirishiz mumkin bo'ladi

  • Mavzu: jinsi oloqa
    Sana: 09.01.2021
    Ismi: suhrop
    Yoshi: 18
    Manzil: turkmenistan

    Savol: Manin yosim 18da ozim 110kiloman jinsi oloqam uhlagnda 2sm turganda 5sm nega kicik maniki uni ostiris boladima kandey klip ostirish kerak


    Javob: yozganlariz mikropenis tashxisiga oxshaydi, kelib korik tekshiruvlardan oting keyin juda kech bo'lishi mumkin, ozi shundoq ham hozir ham kech lekin harakat qilib korish mumkin

  • Mavzu: Maslahat
    Sana: 08.01.2021
    Ismi: Mehriddin
    Yoshi: 23
    Manzil: Samarqand

    Savol: Vorikasele bulganda moyaklar dimlanishi,terillashi va hidlanishi mumkinmi?


    Javob: dimlanish kuzatiladi lekin moyaklarni ichida qon dimlanadi shuni hisobiga spermatogenezni izdan chiqaradi lekin , terlash hidlanish koproq bu dermatologik kasalliklarga hos

  • Mavzu: Erta eyakulatsiya
    Sana: 06.01.2021
    Ismi: Shukrullo
    Yoshi: 23
    Manzil: Samarqand

    Savol: Mamatov Shukrullo: Uylanmaganman. Jinsiy aloqada ham bo'lmaganman. Menda kuchli hayajonlanib ehtiroslanganda avtomatik eyakulatsiya bo'lyabdi, boshqarolmay qolyabman. O'smirligimda vaqti-vaqti bilan onanizm qilardim, lekin muntazam emas. Ba'zida qiziqqonlik qilib pornografiya ham ko'rardim. Bu odatlarni 2 yil oldin tashladim


    Javob: uylangandan keyin 6oyni ichida iziga tushadi erta boshanishlik, siz ozizga ishonch yoq bolsa xavotir olsez kelib korik tekshiruvlardan otib proflaktik davolash kursini olishiz mumkin toydan oldin

  • Mavzu: Jinsiy aloqada tez boshanish
    Sana: 05.01.2021
    Ismi: Muhibillo
    Yoshi: 20
    Manzil: Farg'ona Viloyati O'zbekiston tumani

    Savol: Jinsiy aloqa payti tez boshanamn kimga murojat qilsam boladi urologami yo boshqa shifokorgami tez boshanishni davolasa boldimi


    Javob: HOSPITAL ZM klinikasi manzili: Farg'ona vil.  Qoqon shahar Yangi Hayot 56A Mo'ljal: eski 1-gor.bolnisa yonidagi 2 etajli aptekalar qatorida, Baxt uyi va Gor.otdelni orqasida, O'rda toyhonasi ropasidagi ko'chaga kirgandagi Qo'qonsoy ko'prigidan o'tib o'ngga burilganda 100metrdan keyin chap qolda Telefon: 97-5010078; 90-1741674; Qabul kunlari: dushanbadan-jumagacha 8:30-13:30gacha

  • Mavzu: Erta bo‘shanish
    Sana: 05.01.2021
    Ismi: Diyorbek
    Yoshi: 20
    Manzil: Samarqand viloyati Nurobod tumani

    Savol: Assalom alaykum Men uylanmaganman men kup yillar onanizm bn shugullanganman ammo hozir men juda yomon ahvolga tushdim juda tez bushanayapman hattoki 10 soniyaga ham bormayapti olatim esa kichrayib borayotganga uxshayapti avvalgidek tarangmas havotirdaman Iltimos shu holatda meni davolasa bo‘ladimi Nmadir qilish kerak bulsa hammasiga tayyorman


    Javob: Davolasa bo'ladi lekin oldin korik tekshiruvlar qilib onanizm sizda nima ozgarishlarga sabab bolganini aniqlash kerak, Onanizmni tashalsh kerak, ozizga yaqin urolog-andrologga uchrang, imkoniz bolsa Qoqonga ham kelsez boladi

  • Mavzu: J.Олот
    Sana: 04.01.2021
    Ismi: Elyor
    Yoshi: 29
    Manzil: Osh

    Savol: Ассалому алейкум, уйланганман, ака мени саволим шундан иборатки, хожатги кирганда сийдикдан сунгра ачишиб спермага ухшаш ок нарса чикяпти бу касаллик эмасми нега бундай боляпти, ёки жинсий алока килмаятганим учунми? Кстати хозир Россиядаман оиламдан узокда


    Javob: Bu yaxshi emas, zudlik bilan urologga uchrang, yuqoriga kotarilib ketadi infektsiya bolmasam, j.aloqa bolmaslikni ham dahli bor, osha ajralmani analiz qilidiring

  • Mavzu: kardiologiya
    Sana: 31.12.2020
    Ismi: Djalilov
    Yoshi: 45
    Manzil: Namangan

    Savol: Assalomu alekum doktor menda bita savol bor Menin otamni yuraklari atrofida va chap yelkada bõyin qismida chap kurakda qattiq ogri bor bu ogriq 5 oy oldin boshlangan bu ogriq xaqida korsatamgan mutaxasis doktor qolmadi shunga sizni internet saxifasidan topdim shunga dori darmon va mslaxatlar bersangiz xursand bolardim oldindan raxmat


    Javob: mani soxam emasku lekin nevrapatologga korinishlari kerakka oxshaydi

  • Mavzu: Gidrosel
    Sana: 31.12.2020
    Ismi: Anvar
    Yoshi: 18
    Manzil: Namangan

    Savol: Assalomu aleykum Zarifjon oka yaxshimisiz moyakni ong tomoni shishib qolgan internetda qidirib topdim kasallikni gidrosel deyilar ekan gidroselni operatsiya qilib lichenyalarini olsa toliq tuzalib ketadimi meni qiynayotgan narsa bu suyuqlik toplanganiga ancha bolgan tuzalmayfigan darajada asorat qoldirganmikin deb xavotirdaman


    Javob: oldin urologga uchrab korikdan oting tashxis siz aytgandek gidrosele bolsa davosi faqat operatsiya qolgan turli konservativ usullarni effekti deyarli yoq

  • Mavzu: E D
    Sana: 30.12.2020
    Ismi: Sherzod
    Yoshi: 26
    Manzil: Toshkent

    Savol: Assalomu alaykum Doktor. Savolim qo'zg'alish yaxshi bo'mayatgan bo'lsa urolog-androlog shifokori tomonidan L-max va fitonefrin dorilarini ichishni tavsiya qildi. Bu dorilar buyrak kassalliklari uchun ekan, ya'ni yaxshi qo'zg'alish bo'lmasligining sababi buyrak kasalligidan bo'lishi ham mumkunmi ? Javob uchun oldindan Raxmat !


    Javob: Faqatgina shu dorilar emasdir tekshiruv paytida sizda buyrak siydik yollarida ham muammo topgan bolsa biratola yozgan bolish ehtimoli bor, doktorni aytganini qilib aytgan muddatda qayta korikka borib shikoyatlariz yoqolmasa qayta aytasiz


  • Sana: 29.12.2020
    Ismi: Jamol
    Yoshi: 19
    Manzil: Surxondaryo

    Savol: Salom men kòpdan beri onanizm bilan shuģullanar edim zararligini bilib tashladm keyinchalik uyqu paytida bóshanish paydo bòldi qanaqb davolansh mumkun javob uchun oldindan rahmat.


    Javob: tashlagan bolsez yaxshi, 7-14kunda muntazam jinsiy hayoti bolmgan erkaklar uchun ehtilom bolishlik, boshanish normal holat 

  • Mavzu: Savol
    Sana: 29.12.2020
    Ismi: Husanboy
    Yoshi: 26
    Manzil: Farg’ona

    Savol: Olat atrofi qichishadi toshma toshigan yo’q hech narsa chiqmagan moyaklarni ikki yonlari ham qichishadi judda kuchli qichishadi yordam bering nima qilsam boladi


    Javob: Tanadagi qichishishlarni dermatologga korinishdan boshlashiz mumkin, 

  • Mavzu: Mikro penis
    Sana: 26.12.2020
    Ismi: Quvonchbek
    Yoshi: 23
    Manzil: Farg'ona

    Savol: Bu kasallik böyicha Aperatsiya necha yoshgacha ötkarzilishi mumkin.


    Javob: Haqiqiy mikropenis tashxisi holatlarida oldin konservativ davo choralariga murojaat qilib koriladi, undan keyin xohlagan yoshda qilish mumkin, 17yoshdan keyin, osishdan toxtagan degan hulosaga kelinsa

  • Mavzu: Gipospadiya
    Sana: 25.12.2020
    Ismi: Azamat
    Yoshi: 14
    Manzil: Samarqand

    Savol: salom zarif aka menda gipospadiya bor vennechnoy urolog shunaqa dedi men onanizm bilan shugulanganman 2 yil hozir tashladim 1 oy buldi kelajakda ziyoni yuqmi javob uchun oldindan raxmat


    Javob: vennechnoy gipospadiya halaqit bermaydi aga j.olatda egrilik yoq bolsa havotirli hich narsa yoq, odatdan voz kechganiz yaxshi bolibdi

  • Mavzu: qushulish
    Sana: 23.12.2020
    Ismi: mansur
    Yoshi: 24
    Manzil: Samarqand

    Savol: Assalomu aleykum, tuyimiz bulganiga 2 oy buldi lekin haligacha qushila olmayapmiz xotinimni genekologlarga olib bordim va uzim ham urologga ham bordim bizlarda hammasi yaxshi lekin nimagadir qushilisha olmayapmiz olatim qiniga kirmayapti nima sabab bulishi mumkin doktor? keyin qiz qinining qalinligi necha sm bulishi kerak?


    Javob: jinsiy a'zolar anatomiyasi va qinning yonalishini tushuntirib berilishi kerak odatda faqatgina erkakka bog'liq holat, muddatni kop otqazib yubormasdan kelishiz kerak boladi

  • Mavzu: Urug kemayapti
    Sana: 22.12.2020
    Ismi: Uchqun
    Manzil: Toshkent

    Savol: Assalomu alekum. Men yaqinda uylandim. Yoshim 29 da. Oilam bilan har kuni bir marta bolaman ikkinchisiga uzoq davom etadi lekn sperma kemaydi menda. Bugun yotganimda ham birinchisida urug kemadi. Nima qilish kerak. Qanday dorilar vitamin ichsam boladi. Oldindan raxmat javob uchun.


    Javob: Ikkinchi va hakozolarida urug' kelmay qolishi tabiiy holat. Umuman olganda jinsiy aloqani baholash uchun birinchilariga qaraladi, birinchisi uchun Qo'zg'alish, Erta bo'shanish ham birinchisini nisbat qilib olinadi.

  • Mavzu: mikro penis
    Sana: 21.12.2020
    Manzil: Samarqand

    Savol: Assalomu alaykum Doktor bu kasallikmi yoki kamchilik bilmadimu ammo fan tilida bu mikro penis deyilar ekan ahu xaqida malumot bersangiz judayam xursand bo'lardin uy sharoitida nima qilsa bo'ladi javob uchun oldindan raxmat Yoshim 20da


    Javob: Mikropenis haqida maqolam ham bor saytda, suhbat tarzida olib borilgan, buni (http://andrology.uz/site/maqola?id=56) oqing, keyin urolog andrologga albatta uchrashlaring shart, kelajakda juda katta zarari bor!